Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

“Expo Osaka 2025”: O‘zbekiston paviloni yuksak mukofotga sazovor bo‘ldi

By Muxtasar_Qodirova - Aug. 3, 2025, 5:56 p.m. 264 Views 0 Comment

O‘zbekiston paviloni “Expo Osaka 2025 Kansai” xalqaro ko‘rgazmasida “Ko‘rgazma stendlari” nominatsiyasi bo‘yicha “Red Dot Award: Brands & Communication Design tanlovida Red Dot: Best of the Best” mukofoti bilan taqdirlandi.

Red Dot Award – bu dizayn va kommunikatsiya sohasida dunyo miqyosida tan olingan yetakchi mukofotlardan biridir. Turli yillarda ushbu e’tirofga Apple, Ferrari, Philips, LG kabi global brendlar va sanoat yetakchilari sazovor bo‘lib, ular bugungi kunda jahon dizayni va brending standartlarini shakllantirmoqda.   



Bugun esa ushbu faxriy ro‘yxatga O‘zbekiston paviloni ham qo‘shildi – xalqaro sahnada mamlakatimizning madaniy merosi, ochiqligi va zamonaviy taraqqiyotini ifodalovchi noyob loyiha sifatida e’tirof etildi.   


Qayd etish kerak, Butunjahon “Expo Osaka 2025” ko‘rgazmasida O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi Barqaror rivojlanish maqsadlarining uch ustuvor yo‘nalishi: sifatli ta’lim, hamyonbop va toza energiya hamda sanoatlashtirish, innovatsiyalar va infratuzilma rejalariga muvofiq yurtimizdagi o‘zgarishlar jarayonini namoyish etuvchi “Bilimlar bog‘i” loyihasini taqdim etdi.  

 


O‘zbekistonning mazkur ko‘rgazmada ishtirok etishi milliy yutuqlarni namoyish etish, sayyohlikni rivojlantirish, sarmoyalarni jalb qilish hamda xalqaro hamkorlik va madaniy almashinuvni kengaytirish uchun yangi istiqbollarni ochadi.   

Behruz XUDOYBERDIEV, O‘zA

Tags:

0 Comment

Leave a Comment