Yurtimizda millatlararo totuvlik va bag‘rikenglik muhitini mustahkamlashda munosib hissa qo‘shib kelayotgan milliy madaniy markazlar orasida “Eng faol milliy madaniy markaz” onlayn tanlovi yuqori saviyada o‘tkazildi.
15–25-iyul kunlari o‘tkazilgan onlayn ovoz berishda 50 mingdan ortiq yurtdoshlarimiz faol qatnashdilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin – O‘zbekiston tojik milliy madaniy markazi
2-o‘rin – O‘zbekiston qozoq milliy madaniy markazi
3-o‘rin – O‘zbekiston qirg‘iz milliy madaniy markazi
Shu bilan birga, tanlovda faol ishtirok etgan O‘zbekiston turkman milliy madaniy markazi, O‘zbekiston turk milliy madaniy markazi va O‘zbekiston uyg‘ur milliy madaniy markaziga Qo‘mita tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg'alar topshirildi.
G'oliblar 30-iyul – Xalqlar do‘stligi kuni munosabati bilan “Do‘stlik” festivali doirasida taqdirlanishdi.
0 Comment