Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Mamlakatimizda “Do‘stlik” festivali boshlandi

By Muxtasar_Qodirova - July 25, 2025, 2:59 p.m. 355 Views 0 Comment

Bugun “Do‘stlik” festivalining dastlabki tadbiri Prezidentimiz g‘oyasi asosida ona Vatanimiz, mard va jasur, tinchliksevar va mehnatkash, qahramon xalqimiz sharafiga bunyod etilgan “Yangi О‘zbekiston” bog‘idagi Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qо‘yish marosimidan boshlandi. Mustaqillik monumenti davlat ozodligi va barqarorligi ramzi hisoblanadi. O‘zbekiston xalqining ko‘p asrlik davlatchilik tarixi, buyuk alloma va jahongir bobolar siymolari aks etgan. Monumentning eng yuqori qismida Humo qushi tasvirlangan.


Marosimda O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi rahbariyati va xodimlari, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faollari, OAV vositalari xodimlari hamda keng jamoatchilik ishtirok etib, monument poyiga gullar qo‘yildi. 


Tags:

0 Comment

Leave a Comment