Bugun O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi K. Sariyev Xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari Xitoy xalq jamiyati raisining o‘rinbosari S. Szyan rahbarligidagi delegatsiya a'zolarini qabul qildi.
Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash, gumanitar sohada o‘zaro aloqalarni kuchaytirish, shuningdek, xorijdagi vatandoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, millatlararo totuvlikni ta’minlash va Xitoy hamda O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi muloqotni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
0 Comment