Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Hududlararo forum

By Muxtasar_Qodirova - June 2, 2025, 8:42 p.m. 248 Views 0 Comment

Ayni kunlarda Samarqand shahridagi “Silk Road Samarkand” xalqaro turizm markazida Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, hududlararo hamkorlikni rivojlantirish hamda sarmoya va ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirishga qaratilgan ikkinchi Oʻzbekiston-Xitoy hududlararo forumi boʻlib oʻtmoqda.


Mazkur forum doirasida O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Kaxraman Sariyev va Xitoy Xalq Respublikasi Yunnan provinsiyasi Xalqaro do‘stlik jamiyati raisining o‘rinbosari Wang Yu rahbarligidagi delegatsiya a'zolari ishtirokida uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda tomonlar o'zaro Anglashuv Memorandumini imzolashga kelishib oldi.  

Tags:

0 Comment

Leave a Comment