O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yevropa davlatlari bilan olib borayotgan hamkorligi Vengriya davlati misolida sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarilganligi O‘zbekistonning xavfsiz va tinchliksevar davlat tamoyiliga asoslangan siyosatni izchil davom ettirayotganligidan dalolat beradi.
O‘zbekiston-Vengriya strategik sheriklik munosabatlarini, shu jumladan parlamentlararo yo‘nalishda yanada rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekistonning Vengriya bilan amaliy hamkorligi barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotganligi sababli ikki mamlakat parlamentlari, hukumatlari, idora va hududlari darajasida samarali aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. BMT, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasidagi yaqin hamkorligini alohida ta’kidlash kerak.
Ayniqsa, 2025-yil aprel oyida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasida Vengriya Milliy majlis spikeri o‘rinbosari Yanosh Latorsai ishtirok etganligini keltirib o‘tish joiz.
Xususan, imzolangan bitimlarni amalga oshirishga ko‘maklashish, do‘stlik guruhlari ishini faollashtirish, eng avvalo, hududlarni rivojlantirish, ijtimoiy himoya, soliq va raqamlashtirish sohalarida qonun ijodkorligi bo‘yicha tajriba almashish uchun tegishli qo‘mitalar o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish muhimligiga alohida e’tibor qaratildi.
Ikki mamlakat hamkorligi doirasida madaniy-gumanitar sohadagi amaliy hamkorligining muntazamlik kasb etganligini 2024-yilning oktyabr oyida Lakitelek shahrida buyuk shoir Alisher Navoiy byusti ochildi. 2025-yilning yanvar oyida Budapeshtda O‘zbek kinosi kunlari o‘tkazilganligi bilan izohlash mumkin. Shuningdek, 2026-yilni O‘zbekiston va Vengriya madaniyati yili deb e’lon qilish taklifining bildirilishi, Vengriya davlat opera teatri sahnasida “Lazgi” baletini sahnalashtirilishi shular jumladandir.
O‘zbekistonning Vengriya bilan savo-iqtisodiy, moliyaviy, investitiyaviy va texnologik hamkorlikni rivojlantirish, keng ko‘lamli sheriklik aloqalari bugungi kunga kelib Startegik hamkorlik darajasiga ko‘tarildi.
Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Kengaytirilgan Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar. Bu esa zamonaviy jadal hamkorlik uchun mustahkam poydevor yaratdi.
Shuningdek, ikki mamlakat yetakchilari huzurida qabul qilingan qator hukumatlararo va idoralararo hujjatlar, jumladan, Ekstradisiya to‘g‘risidagi shartnoma, Iqlim o‘zgarishi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, tabiiy ofatlarni boshqarish, ilm-fan va innovatsiyalar, tinch atom sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi idoralararo kelishuvlar ikki va ko‘p tomonldama hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.
Guldona Avezdurdiyeva,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati
0 Comment