O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasining Millatlararo totuvlik bо‘yicha ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish bо‘limi boshligʻi Saodat Davlatova OʻzRFA QQB Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlar faolligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-401-sonli qarori ijrosini taʻminlash boʻyicha Qoraqalpoq Respublikasi Nukus shahrida Berdaq nomidagi QQD universiteti va Ajiniyoz nomidagi ND pedagogika institutining bir guruh talaba hamda magistr qizlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda oilalarda va jamiyatda xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini bilish darajasini oshirishga doir targʻibot ishlarini kuchaytirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi va muammolar o'rganildi. Ayniqsa qizlarning taʼlim olish hamda turmushga chiqish borasidagi asosiy huquqlari, qarashlari borasida fikr almashildi va qozoq, turkman millatiga mansub xotin- qizlardan ijtimoiy roliklar uchun intervyular olindi.
0 Comment