Ozarbayjon Respublikasining poytaxti Boku shahrida “O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirishda xalq diplomatiyasining o‘rni” mavzusida xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir ikki davlat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligiga bag‘ishlandi.
Mazkur xalqaro konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi raisi Kaxramon Sariyev ham ishtirok etdi.
Kaxramon Sariyev o‘z nutqida xalq diplomatiyasi bugungi kunda davlatlar va xalqlar o‘rtasida ishonch, o‘zaro tushunish va hamkorlikni mustahkamlashning samarali vositasi sifatida tobora ahamiyat kasb etayotgani, O‘zbekiston va Ozarbayjonni ko‘p asrlik qardoshlik rishtalari, umumiy tarix, madaniyat va ma’naviy qadriyatlar birlashtirishini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, Qo‘mita raisi o‘z nutqida bir qator amaliy tashabbuslarni ilgari surdi:
O‘zbekiston va Ozarbayjon xalqlari do‘stligi forumini har ikki mamlakatda muntazam o‘tkazish;
Ta’lim, madaniyat va turizm sohalarida hamkorlikni chuqurlashtirish;
Xiva va Shusha birodarlashgan shaharlari o‘rtasidagi munosabatlarni faollashtirish.
0 Comment