Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Bilimlar bellashuvi

By Muxtasar_Qodirova - May 17, 2025, 3:23 p.m. 31 Views 0 Comment

AQShning Filadelfiya shahrida bilimdon vatandoshlar o'rtasida "Zakovat" intellektual o'yini o'tkazildi.

Bilimlar bellashuvi "Yurtdosh" va "Turon" o'zbek diaspora tashkilotlari tomonidan O'zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ko'magida tashkil etildi.


Unda AQShning Nyu-York, Nyu-Jersi, Ogayo, Pensilvaniya va Massachusets shtatlaridagi vatandoshlardan tuzilgan yettita jamoa o'zaro bellashdi. Ishtirokchilar yuqori darajadagi bilimdonlik, mantiq va jamoaviy ahillikni namoyish etdilar. Intellektual o'yinda qiziqarli va mantiqiy savollar o'ynaldi. Bellashuvlar esa o'zaro raqobat va hurmat ruhida bo'lib o'tdi.


Tadbirda so'zga chiqqan O'zbekiston diplomatlari va o'zbek diaspora tashkilotlari rahbarlari mazkur loyihani qo'llab-quvvatlab, vatandoshlar o'rtasidagi aloqalarni mustahkamlashda bunday o'yinlar muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidladilar.


"Zakovat" o'yini g'oliblari va ​​faol ishtirokchilariga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi. AQSHdagi o'zbeklar o'rtasidagi madaniy va do'stona aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladigan "Zakovat" o'yinini mezbon mamlakatning turli shaharlarida o'tkazishga kelishib olindi.


Intellektual musobaqalardan so'ng ishtirokchilar suhbatni o'zbekona dasturxon atrofida davom ettirdilar. Yig'ilganlarga o'zbek palovi ulashildi. Ijro etilgan o'zbek milliy kuy va qo'shiqlari esa barchaga xushkayfiyat ulashdi.


Tags:

0 Comment

Leave a Comment