Ekspozitsiyada XIX-XX asrlarga oid nodir buyumlar: zardo‘zi to‘nlar, kashta tikilgan so‘zanalar, milliy naqshlar tushirilgan erkaklar va ayollar do‘ppilari, bezakli yopinchiqlar va zargarlik buyumlari namoyish etilgan. Ishlar o‘zbek kashtachiligi uchun an’anaviy bo‘lgan "zamindo‘zi" va "guldo‘zi" usullarida bajarilgan.
Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan noyob “Choklardagi meros: Oʻzbekistonning kashtachilik va tikuvchilik anʼanalari bo‘ylab sayohat” ko‘rgazmasi 2025-yilning 19-martdan 1-iyuniga qadar davom etadi.
0 Comment