Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Fransiya poytaxtida O'zbekiston turizm forumi bo'lib o'tadi

By Farangiz_Amirkulova - March 5, 2025, 9:57 a.m. 674 Views 0 Comment

Shu yil 10-mart kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida O'zbekiston turizm forumi tashkil etiladi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Turizm qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, tadbir doirasida O'zbekistonning sayyohlik salohiyati taqdimoti va Fransiyaning yetakchi turoperatorlari hamda agentliklari bilan B2B uchrashuvlari bo'lib o'tadi.


Forum ishbilarmonlik aloqalarini kengaytirish va yangi hamkorliklar o'rnatish, O'zbekistonning sayyohlik mahsulotlari va yo'nalishlarini xalqaro miqyosda targ'ib qilish, shartnomalar va bitimlar imzolash, o'zaro sayyohlar oqimini ko'paytirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash uchun noyob imkoniyatlar yaratadi.


Shuningdek, Fransiya va Yevropa mamlakatlari sayyohlik bozorida O'zbekistonning zamonaviy sayyohlik imkoniyatlari, boy madaniy merosi, tabiiy go'zalliklarini targ'ib qilishda muhim qadam bo'ladi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment