O'zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Gruziya hukumati delegatsiyasi tarkibida Toshkentga tashrif buyurgan ushbu mamlakat tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
"Gruziya tashqi ishlar vaziri Maka Bochorishvili xonim bilan samarali va samimiy uchrashuv o'tkazdik, – deb yozdi O'zbekiston TIV rahbari o'zining telegram-kanalida. – O'zbekiston-Gruziya munosabatlarini mustahkamlashni muhokama qildik, istisnosiz barcha sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlarini ko'rib chiqdik. O'zbekiston Gruziya bilan munosabatlarimizni qadrlaydi va har ikki xalq manfaati yo'lida aloqalarni kengaytirish tarafdori. Davomli muloqot va qo'shma tashabbuslar bo'yicha ishlashda davom etamiz".
0 Comment