Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Qarshi shahrida Germaniya standartlari asosida zamonaviy bolalar bog'chasi va o'zbek-nemis qo'shma maktabi tashkil etiladi

By Farangiz_Amirkulova - Feb. 27, 2025, 9:40 a.m. 766 Views 0 Comment

Qashqadaryo viloyati delegatsiyasi 17–22-fevral kunlari amaliy safar bilan Germaniyada bo'ldi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

 Safar ta'lim, sog'liqni saqlash, migratsiya va boshqa sohalarda hududlararo hamkorlikni yo'lga qo'yish maqsadida amalga oshirildi.


Tashrif doirasida Germaniyaning "Ernst Klett AG", "Günter Papenburg AG", "SIT International GmbH", "Dr. Holldorf Consult GmbH", "GFM Group" va "Avestos GmbH" kabi yetakchi kompaniyalari bilan muhim uchrashuvlar o'tkazildi.


Muzokaralarda kasbiy ta'lim, mehnat migratsiyasi sohalarida hamkorlikni yo'lga qo'yish, yoshlarni mazkur kompaniyalar korxonalarida dual ta'lim yo'nalishlarida o'qitish, qolaversa, yosh bitiruvchilarni payvandchilik, elektromontaj va qurilish kabi nemis mehnat bozorida talab yuqori bo'lgan kasblarda ish bilan ta'minlash masalalari muhokama qilindi.


Ta'lim sohasida aloqalarni kengaytirish, xususan, Qarshi shahrida zamonaviy bolalar bog'chasi qurish va o'zbek-nemis qo'shma maktabi tashkil qilishga kelishildi.


Bundan tashqari, sog'liqni saqlash sohasi vakillari o'rtasida tajriba almashishni kuchaytirish va Qashqadaryo viloyatidagi shifoxonalarga Germaniya standartlarini joriy qilish, madaniy almashinuvlarni rivojlantirish, nemis tili kurslari va qo'shma tadbirlar o'tkazish o'zaro suhbatlarning asosiy mavzusi bo'ldi.


Amaliy safar davomida delegatsiya a'zolari o'quv markazlari va tibbiyot klinikalarida bo'ldilar va o'quv jarayoni hamda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar.


Xulosa o'rnida ta'kidlash kerakki, Qashqadaryo viloyati delegatsiyasi safarida davomida bo'lib o'tgan uchrashuvlar Germaniya O'zbekiston yaqin hamkorlikka tayyorligini yana bir bor ko'rsatdi. Erishilgan kelishuvlar esa viloyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotini yuksaltirishda muhim qadam bo'lib, yangi bolalar bog'chalaridan tortib ish o'rinlarigacha bo'lgan tashabbuslar keng ko'lamli rivojlanish imkoniyatlarini ochib beradi.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment