Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O'zbekiston Prezidenti 17-18-fevral kunlari rasmiy tashrif bilan Kuvaytda bo'ladi

By Farangiz_Amirkulova - Feb. 17, 2025, 10:07 a.m. 862 Views 0 Comment

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Kuvayt Amiri Shayx Mish'al as-Sabohning taklifiga binoan 17-18-fevral kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo'ladi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, tashrif dasturiga muvofiq, Al-Kuvayt shahrida oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar hamda ushbu mamlakat hukumati a'zolari, yetakchi kompaniyalari va bank-moliya tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar bo'lib o'tadi.


Bo'lajak sammit kun tartibidan O'zbekiston-Kuvayt do'stlik va ko'p qirrali sheriklik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va mustahkamlash, savdo, innovatsiyalar, investitsiya va moliya, "yashil" energetika, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo'jaligi, transport va logistika, infratuzilma, shaharsozlik, sog'liqni saqlash va boshqa ustuvor yo'nalishlarda hamkorlikni kengaytirish masalalari o'rin olishi ko'zda tutilgan.


Madaniy-gumanitar va turizm almashinuvini kengaytirish masalalari ham diqqat markazida bo'ladi. Bundan tashqari, O'zbekiston va Kuvayt yetakchilari xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb jihatlarini ko'rib chiqadilar.


Muzokaralar yakunida qator qo'shma hujjatlar va bitimlar qabul qilinishi kutilmoqda.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment