Pokistonda o‘tkazilayotgan
“EXPO LAHORE” tadbirida o‘zbekistonlik hunarmandlar ham faol ishtirok etmoqda.
Joriy yilning 11-13
fevral kunlari Pokiston Islom Respublikasida o‘tkazilayotgan “EXPO LAHORE”
tadbirida O‘zbekiston milliy mahsulotlari ko‘rgazmasi “Made in Uzbekistan”
brendi ostida o‘zbek ekspartyor korxonalari ham qatnashmoqda.
Ushbu tadbirda
Respublika “Hunarmand” uyushmasi tomonidan Farg‘ona viloyatining Rishton
tumanidan “Shokirmingboshi” an’anaviy kulolchilik markazidan Yoqubjonov
Shoxruxxon Alisher o‘g‘li hamda Toshkent shahridan chinni, fayan va sopol
buyumlari tayyorlash ustasi Azamkulov Ruxilla Asatullaevichlar munosib ishtirok
etmoqdalar.
Ko‘rgazmadan ko‘zlangan
asosiy maqsad “Made in Uzbekistan” brendi ostida o‘zbek tadbirkorlari
Pokiston Islom Respublikasiga o‘z mahsulotlarini eksportini yo‘lga qo’yishlari
uchun mahalliy hamkorlar bilan shartnomalar imzolashdan iborat.
0 Comment