RISHTONDA KULOLCHILIK MUZYEYI OCHILADI
“Rishton an’anaviy kulolchiligi tarixi muzeyi faoliyatini yo‘lga quyish to‘g‘risida”gi
Hukumat qarori qabul qilindi.
Ushbu hujjatga ko‘ra, Rishton an’anaviy kulolchiligi tarixi nodavlat muzeyi
tashkil qilinadi.
Muzey ashyolari va kollektsiyalarini aniqlash, to‘plash va saqlash, madaniy,
ma’rifiy, ilmiy va ta’lim faoliyatini amalga oshirish, yoshlarni “ustoz-shogird”
an’analari asosida kulolchilik hunariga o‘rgatish muzeyning asosiy vazifalari etib
belgilangan.
Shuningdek, kulolchilikning boy madaniy merosi, insoniyat tarixidagi rolini
haqqoniy yoritish, ekspozitsiyalarni tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan
keng foydalanish, chet el muzeylari bilan ko‘rgazmalar tashkil etish borasida o‘zaro
manfaatli hamkorlik o‘rnatish ham mazkur hujjatdan o‘rin olgan.
Muzeyni tashkil etish bo‘yicha ishchi guruh tasdiqlangan bo‘lib, uning asosiy
vazifalaridan biri etib, muzey kontseptsiyasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda
muzey faoliyatini yo‘lga qo‘yish belgilandi.
2025-yil 1-aprelga
kadar muzeyga ajratilgan binoning toifasi muzey faoliyatiga to‘liq moslashtirilishi
rejalashtirilgan.
M.Qodirova
0 Comment