Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O‘zbekcha osh xalqaro festivalda yuqori baholandi

By Muxtasar_Qodirova - Jan. 27, 2025, 10:25 p.m. 747 Views 0 Comment

O‘zbekiston delegatsiyasi Fransiyaning Lion shahrida bo‘lib o‘tayotgan nufuzli “Worldchefs Village” xalqaro oshpazlar festivalida ishtirok etmoqda. Ushbu yirik gastronomik tadbir doirasida tashkil etilgan stendda O‘zbekistonning turizm salohiyati, milliy taomlari va gastronomik merosi namoyish qilinmoqda.

Turizm qo‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Yevropadan keluvchi sayyohlar sonini oshirish maqsadida O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari turli gastronomik assotsiatsiyalar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda.  

Jumladan, Butunjahon oshpazlar jamiyati vakillari bilan muzokaralar olib borilib, kelajakda O‘zbekistonning gastronomik festival va ko‘rgazmalardagi ishtirokini kengaytirish hamda gastronomik turizm sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va O‘zbekistonning milliy brendini targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.  

Shuningdek, festival mehmonlari O‘zbekistonning boy madaniyati va mehmondo‘stligini yuqori baholab, mamlakatimizga sayohat qilish istagini bildirdi va O‘zbekistonni gastronomik sayohatlar uchun istiqbolli manzil sifatida e’tirof etdi.  

Tags:

0 Comment

Leave a Comment