Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

O‘zbekiston Avstriyada o‘tkazilayotgan xalqaro turizm ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

By Farangiz_Amirkulova - Jan. 20, 2025, 2:31 p.m. 581 Views 0 Comment

O‘zbekiston delegatsiyasi Avstriyaning Vena shahrida har yili yanvar oyida o‘tkaziladigan va jahon turizmining barcha zamonaviy tendensiyalarini o‘zida aks ettiradigan eng yirik xalqaro sayyohlik tadbirlaridan biri - “Ferien Messe Wien” sayyohlik ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

Ta’kidlash lozimki, “Ferien Messe Wien” dam olish va sayohat uchun xalqaro tadbir bo‘lib, Avstriyadagi yetakchi turizm ko‘rgazmasi hisoblanadi. 


Ko‘rgazmada dunyoning 80 mamlakatidan 800 dan ortiq sayyohlik biznesi vakillari qatnashmoqda. Joriy yilda O‘zbekiston delegatsiyasi ham ushbu xalqaro tadbirda milliy stend bilan ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma ishtirokchilari va mehmonlariga mamlakatimiz an’analari, urf-odatlari va boy madaniyati bilan yaqindan tanishish imkoniyati taqdim etildi. Ko‘rgazmada O‘zbekistonning ishtiroki Turizm qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Venadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etildi.  

Tags:

0 Comment

Leave a Comment