Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Pokiston OAV: O'zbekiston Qurolli Kuchlari mamlakat xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlari daxlsizligini ta'minlashga qodir bo'lgan, harakatchan va puxta qurollangan qudratli kuchga aylandi

By Farangiz_Amirkulova - Jan. 14, 2025, 3:29 p.m. 725 Views 0 Comment

14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni arafasida Pokiston matbuotida – "Diplomatic News Agency – DNA" axborot agentligi, "Pakistan in the World" jurnali, "Pakistan Today", "Islamabad Post", va "Daily Spokesman" gazetalari, "The Gulf Observer", "The Europe Today" va "World News" yangiliklar platformalarida "Yangi O'zbekistonning Qurolli Kuchlari - millatning tayanchi va iftixori" sarlavhali maqola e'lon qilindi.

"Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni tashabbus va ko'rsatmalari bilan so'nggi yillarda O'zbekistonda olib borilayotgan keng ko'lamli islohotlar natijasida milliy armiyaning qiyofasi va salohiyati tubdan o'zgardi. Bugungi kunda O'zbekiston Qurolli Kuchlari mamlakat xavfsizligi va barqarorligini, sarhadlari daxlsizligini ta'minlashga qodir bo'lgan, harakatchan va puxta qurollangan qudratli kuchga aylandi", - deyiladi nashrlarda.


"O'zbekiston – 2030" strategiyasida mamlakat mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish ustuvor yo'nalishlardan biri etib belgilangani, shu bois eng murakkab sharoitlarda qo'shinlarni jangovar harakatlarga samarali va qisqa muddatlarda tayyorlashning yangi shakl hamda uslublari ustida fundamental ishlar olib borilayotganiga urg'u beriladi.


O'zbekiston Mudofaa vazirligi rahbariyati, harbiy okruglar qo'mondonliklari dunyoda ro'y berayotgan qurolli to'qnashuvlarni tahlil qilgan holda qo'shinlarni tayyorlashning eng maqbul yo'nalishlari va mazmunini belgilab, Qurolli Kuchlarning tezkor boshqaruvini tashkil etish, harbiy xizmatchilarning axloqiy-ruhiy tayyorgarligi va jangovar ruhini oshirish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqayotgani va amaliyotga tatbiq etayotgani alohida ta'kidlanadi.


"Bu bugungi kunda dunyoda keskin o'zgarib borayotgan harbiy-siyosiy vaziyat, uning turli ko'rinishdagi tahdidlar fonida rivojlanish tendensiyalari eng qimmatli boylik – jamiyatda hukm surayotgan tinchlik va totuvlikni ko'z qorachig'idek asrab-avaylashda muhim omil bo'lmoqda", - deya e'tirof etadi Pokiston matbuoti.


Xorijiy armiyalarining ilg'or tajribalaridan kelib chiqib, yangi taktik harakatlarni qo'shinlarga tatbiq etish maqsadida so'nggi 3 yil mobaynida 35 dan ortiq konseptual xarakterga ega hujjatlar ishlab chiqilgani, qo'shinlar tayyorgarligini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida barcha jangovar tayyorgarlik o'quv dasturlari ikki yilga mo'ljallangan modul tizimiga o'tkazilgani, qo'shin turlarining hamjihatlikda harakatlanish tizimi yaratilgani, mashg'ulotlarning 70 % amaliy o'tkazilayotgani, tunda o'tkaziladigan amaliy mashg'ulotlar hajmi 50 % ga yetkazilganiga e'tibor qaratiladi.


"Taktik (taktik-maxsus) o'quvlar real jangovar harakatlar dinamikasiga yaqinlashtirilgan holda, asosan tungi sharoitlarda o'tkazilmoqda. Oxirgi 5 yil mobaynida qo'shinlar tayyorgarligi bo'yicha olib borilayotgan tadbirlar jadalligi 2,5 baravarga oshirildi. Shu davr ichida Mudofaa vazirligida o'quv markazlari soni 2 tadan 19 taga yetkazildi. O'quv-moddiy bazasi mukammal bo'lgan o'ndan ortiq Qurolli Kuchlar yagona dala tayyorgarlik markazlaridan hamkorlikda foydalanishga doir Kompleks dastur ishlab chiqilib, kuch tuzilmalari bo'linmalari mashg'ulotlarni intensiv ravishda olib bormoqda", - deya xulosa qilinadi maqolada.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment