Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga infotur qozog'istonlik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi

By Farangiz_Amirkulova - Jan. 13, 2025, 10:49 a.m. 950 Views 0 Comment

O'zbekiston Bosh konsulxonasi va Elchixonasi ko'magida tashkil etilgan infotur doirasida Qozog'istonning Oqtov shahridagi Shaxmardan Yesenov nomidagi Kaspiy texnologiya va muhandislik universitetining olti nafar talabasi va o'qituvchisidan iborat guruh Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga tashrif buyurdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

5-10-yanvar kunlari bo'lib o'tgan tashrif doirasida mehmonlar Mo'ynoq, Nukus va Xiva shaharlarining muhim madaniy va tarixiy obidalariga tashrif buyurdilar. Shuningdek, "Mizdaxkan" me'moriy-tarixiy majmuasi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo'ldilar.


Infotur ishtirokchilarining so'zlariga ko'ra, sayohat ularda katta taassurot qoldirdi. Qoraqalpog'iston va Xorazm viloyatiga bo'lgan tashrif davomida tur qantashchilari mintaqalarning madaniyati, milliy taomlari, mahalliy aholining mehmondo'stligi hamda mamlakatimizning turizm salohiyati bilan tanishdilar

Tags:

0 Comment

Leave a Comment