Uzbekjournal.uz – Follow the latest news about the life of our country

Buyuk Britaniya jurnalining ilk soni Yangi O'zbekiston taraqqiyotiga bag'ishlandi

By Farangiz_Amirkulova - Sept. 20, 2024, 11:43 a.m. 1,095 Views 0 Comment

Britaniyalik taniqli jurnalist Raza Said bosh muharrirligidagi "EM Insight" jurnalining birinchi soni O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga bag'ishlandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Mazkur sonda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan modernizatsiya jarayoni, hukumat tomonidan mamlakatni yanada rivojlantirish uchun ishlab chiqilayotgan dastur va strategiyalar, ularning ijtimoiy hayotga tatbiq qilinishi haqidagi turkum maqolalar mushtariylar e'tiboriga taqdim etilgan.


Jurnalda O'zbekiston taraqqiyoti yo'lida amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarni batafsil tahlil qilingan. "EM Insight" nashrining dastlabki sonida mamlakatda global tahdidlar sharoitida tashqi siyosatning yangi ustuvor yo'nalishlarini ishlab chiqish, korrupsiyaga qarshi kurashish va davlat tuzilmalarida shaffoflikni ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan sa'y-harakatlarga alohida e'tibor qaratilgan. Shuningdek, unda fuqarolar huquqlarini himoya qilish yo'lida sud-huquq tizimi islohoti, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslarni asrab-avaylash borasidagi tashabbuslar haqida so'z yuritilgan.


"EM Insight" jurnalining ushbu sonidan o'zbek milliy madaniyatini rivojlantirish va boy merosni asrab-avaylash, sog'liqni saqlash tizimini yaxshilash hamda tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini oshirishga qaratilgan islohotlarga bag'ishlagan materiallar bosilgan.


Bundan tashqari, manbada O'zbekistonda inson huquqlarini himoya qilish va jamiyatni demokratlashtirishning istiqbollari haqidagi maqolalar o'rin olgan.

Tags:

0 Comment

Leave a Comment